Kattaqo‘rg‘onlik fermer paxtadan 61 sentner hosil oldi

Tumanda Alisher Mavlonov rahbarlik qilayotgan “Dil Alisher” fermer xo‘jaligi a’zolari har yili paxta hosildorligini 4-5 sentnerga oshirib keladi. Bu yil 61 sentner hosil olishga erishdi.

Bu paxtachilikda katta natija. Buning siri nimada?

Birinchidan, fermer xo‘jaligi a’zolari ilg‘or xorij uslubini o‘zlashtirish maqsadida “Netafim” kompaniyasi tomonidan “aqlli” sug‘orish texnologiyasini qo‘llagan.

Ikkinchidan, har bir xo‘jalik a’zosi uchun moddiy manfaatdorlik yuqori.

- Tomchilatib sug‘orish qishloq xo‘jaligining "yuzi"ni o‘zgartiradi, – deydi “Netafim” kompaniyasining O‘zbekistondagi filiali bosh agronomi Yeytan Levnin. – Tarmoqda innovatsion texnologiyalarni puxta o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash bugungi davrning har bir fermeri uchun moddiy manfaatdorlikni oshirish, ishchi kuchi va boshqa resurslarni tejashning yagona yo‘lidir.