Kecha Samarqandda 23 kishi koronavirusga chalindi, 24 nafar bemor sog‘aydi
🔺2021 yil 30 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193 424 (+216) nafarni tashkil etmoqda.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 10 nafari Andijon viloyatida,
📌 7 nafari Buxoro viloyatida,
📌 5 nafari Jizzax viloyatida,
📌 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Navoiy viloyatida,
📌 4 nafari Namangan viloyatida,
📌 23 nafari Samarqand viloyatida,
📌 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 12 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 7 nafari Xorazm viloyatida,
📌 61 nafari Toshkent viloyatida,
📌 77 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 169 nafar, shundan Samarqand viloyatida 24 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 190 028 nafarga yetdi. Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.