Kecha Samarqandda 24 nafar kishi koronavirusga chalindi, 141 nafar bemor tuzaldi
2021 yil 15 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 166644 (+619) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌38 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌16 nafari Andijon viloyatida,
📌6 nafari Buxoro viloyatida,
📌16 nafari Jizzax viloyatida,
📌7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌8 nafari Navoiy viloyatida,
📌18 nafari Namangan viloyatida,
📌54 nafari Samarqand viloyatida,
📌11 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌9 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌47 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌22 nafari Xorazm viloyatida,
📌136 nafari Toshkent viloyatida,
📌231 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida Samarqand viloyatida 141 nafar bemor tuzaldi. Respublika bo‘yicha kasallikdan sog‘ayganlar jami 159444 (+1067) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1175 nafarni tashkil qildi.