Kecha Samarqandda 32 kishi koronavirusga chalindi

🔺 Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2021 yil 13 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 117 409 (+491) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 40 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 32 nafari Andijon viloyatida,
📌 21 nafari Buxoro viloyatida,
📌 52 nafari Jizzax viloyatida,
📌 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 12 nafari Navoiy viloyatida,
📌 45 nafari Namangan viloyatida,
📌 32 nafari Samarqand viloyatida,
📌 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 31 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 10 nafari Xorazm viloyatida,
📌 57 nafari Toshkent viloyatida,
📌 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Bundan tashqari, kecha kun davomida 319 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikamizda 528 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 112 546 nafarga yetdi. Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.