Kecha Samarqandda 33 kishi koronavirusga chalindi

🔺 2021 yil 8 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115 011 (+482) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 28 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 18 nafari Andijon viloyatida,
📌 13 nafari Buxoro viloyatida,
📌 41 nafari Jizzax viloyatida,
📌 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 12 nafari Navoiy viloyatida,
📌 23 nafari Namangan viloyatida,
📌 33 nafari Samarqand viloyatida,
📌 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 26 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 32 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 22 nafari Xorazm viloyatida,
📌 49 nafari Toshkent viloyatida,
📌 147 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Bundan tashqari, kecha kun davomida 221 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha kun davomida 336 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 110 377 nafarga yetdi. 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.