Kecha Samarqandda 35 nafar fuqaro koronavirus yuqtirgan, 14 nafar bemor tuzaldi

🔺 2021 yil 26 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 89 630 (+275) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 4 nafari Andijon viloyatida,
📌 2 nafari Buxoro viloyatida,
📌 5 nafari Jizzax viloyatida,
📌 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 3 nafari Navoiy viloyatida,
📌 7 nafari Namangan viloyatida,
📌 35 nafari Samarqand viloyatida,
📌 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 2 nafari Xorazm viloyatida,
📌 55 nafari Toshkent viloyatida,
📌 141 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️Kecha kun davomida:
🔹 Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar,
🔹 Buxoro viloyatida 10 nafar,
🔹 Samarqand viloyatida 14 nafar,
🔹 Sirdaryo viloyatida 9 nafar,
🔹 Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
🔹 Xorazm viloyatida 2 nafar,
🔹 Toshkent viloyatida 41 nafar,
🔹Toshkent shahrida 122 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86 180 (+204) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

⚫️ Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

❗️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 804 nafar bemor davolanmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.