Kecha Samarqandda 37 kishida koronavirus aniqlandi, 40 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi

🔺 2021 yil 6 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114 039 (+471) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 26 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 10 nafari Andijon viloyatida,
📌 12 nafari Buxoro viloyatida,
📌 51 nafari Jizzax viloyatida,
📌 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 10 nafari Navoiy viloyatida,
📌 15 nafari Namangan viloyatida,
📌 37 nafari Samarqand viloyatida,
📌 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 19 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 10 nafari Xorazm viloyatida,
📌 52 nafari Toshkent viloyatida,
📌 174 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Bundan tashqari, kecha kun davomida 195 kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 327 nafar, shundan Samarqand viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 109 676 nafarga yetdi, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.