Kecha Samarqandda 69 kishida koronavirus aniqlandi, 183 nafar bemor tuzaldi

🔺 Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2021 yil 25 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 995 (+705) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 71 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 21 nafari Andijon viloyatida,
📌 18 nafari Buxoro viloyatida,
📌 73 nafari Jizzax viloyatida,
📌 43 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 13 nafari Navoiy viloyatida,
📌 35 nafari Namangan viloyatida,
📌 69 nafari Samarqand viloyatida,
📌 26 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 59 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 64 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 37 nafari Xorazm viloyatida,
📌 80 nafari Toshkent viloyatida,
📌 96 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️ Bundan tashqari, 482 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 811 nafar, shundan Samarqand viloyatida 183 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 119 449 nafarga yetdi. Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.