Kecha Samarqandda 78 kishida koronavirus aniqlandi, 50 nafar bemor tuzaldi

🔺 2021 yil 22 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122 786 (+738) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 76 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 19 nafari Andijon viloyatida,
📌 15 nafari Buxoro viloyatida,
📌 85 nafari Jizzax viloyatida,
📌 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 17 nafari Navoiy viloyatida,
📌 31 nafari Namangan viloyatida,
📌 78 nafari Samarqand viloyatida,
📌 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 65 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 21 nafari Xorazm viloyatida,
📌 89 nafari Toshkent viloyatida,
📌 118 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️ Bundan tashqari, 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 548 nafar, shundan Samarqand viloyatida 50 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 117 303 nafarga yetdi. Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.