Kelgusi 7 yilda Samarqandda 100 ming kvartirali 2 ming 300 ta zamonaviy va hamyonbop uy-joy quriladi — Shavkat Mirziyoyev
“Kelgusi 7 yilda viloyatda 100 ming kvartirali 2 ming 300 ta zamonaviy va hamyonbop uy-joy quriladi. Jumladan, Samarqand shahri va barcha tumanlarda “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etiladi.
5 ming 300 kilometr ichki yo‘llar va 160 ta ko‘prik ta’mirlanadi, 5 ming 700 kilometr elektr tarmoqlari, 2 mingta transformator yangilanadi.
Shuningdek, 7 ming kilometr ichimlik va oqova suvi tarmoqlari quriladi, 180 ta mahallada (1,2 million aholi) ichimlik suv ta’minoti yaxshilanadi.
Natijada 2030 yilga borib, viloyat aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 96 foizga yetkaziladi (hozir – 71 foiz).
Umuman, ichimlik suvi va yo‘llar infratuzilmasini yaxshilashga 450 million dollar yo‘naltiriladi”, – dedi nomzod.