Kelgusi yil 100 ming gektar ekin maydoni aholiga tarqatiladi
Bu haqda Prezident rahbarligida o‘tayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Avvalroq joriy yil boshida paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobidan aholiga 80 ming gektar maydonni bo‘lib berish boshlangani aytilgandi. Yil yakunigacha yana qo‘shimcha 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bo‘lib beriladi (jami 100 ming gektar bo‘ladi);
Shuningdek, kelgusi yilda yana qo‘shimcha 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatiladi (jami 200 ming gektar bo‘ladi).
“Bu – juda katta islohot. Buning hisobiga qo‘shimcha 1 million 200 ming nafar aholini band qilish uchun sharoit yaratilmoqda.
Eng asosiysi – agar tuman hokimi, hokim yordamchisi bu masalaga hisob-kitob bilan yondashsa, oziq-ovqat, ishsizlar masalasini bemalol hal qila oladi”, dedi davlatimiz rahbari.
Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlariga bir oy muddatda:
- kamida 1 mingta mahallada kichik hajmli muzlatkichlar o‘rnatish;
- 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetishtirish dasturini boshlash topshirildi.
Bunga joriy yilda 50 million dollar, kelgusi yilda yana 100 million dollar yo‘naltiriladi.
Shuningdek, “daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barcha imtiyoz va to‘lovlar 1 yilgacha saqlanib qoladi.
Shuningdek, tanlovda 1 nafar talabgor ishtirok etganda ham tanlov o‘tkazilgan hisoblanadi.