Keyingi uch yilda respublikamizda 22 ta bog‘cha, 31 ta maktab, 16 ta oliy ta’lim muassasalari quriladi

“2021–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4936-son, 28.12.2020 yil) qabul qilindi.

 Qaror bilan 2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2021-2023 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar tasdiqlandi.

Keyingi uch yilda respublikamizda 22 ta bog‘cha, 31 ta maktab, 16 ta oliy ta’lim muassasalari quriladi

“2021–2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4936-son, 28.12.2020 yil) qabul qilindi.

📝 Qaror bilan 2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari va 2021-2023 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar tasdiqlandi.

🔰 Shunga ko‘ra, belgilangan yillarda respublikada, jumladan:

➖ 22 ta bog‘cha (jami 2 970 o‘ringa ega), 31 ta umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar (jami 13 934 o‘quv o‘rniga ega), 16 ta OTM (jami 9 300 o‘quv o‘rniga ega) yangi quriladi;

➖ jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash bo‘yicha 55 ta loyiha (shundan 23 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

➖ 11 ta madaniyat va san’at ob’yektlari yangidan qurilib, 7 tasi rekonstruksiya qilinadi;

➖ sog‘liqni saqlash ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha 131 ta loyiha (shundan 24 tasi yangi qurilish) amalga oshiriladi;

 Shuningdek, ilm-fan va innovatsion ob’yektlarni rivojlantirish bo‘yicha 14 ta loyiha amalga oshiriladi.

 Xususan, 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini qurish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, temir yo‘l va metropoliten yo‘lini rivojlantirish choralari ham ko‘riladi.

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.