Kiberxavfsizlik: DXX bu sohada vakolatli organ etib belgilanmoqda
Kiberxavfsizlik — axborot xavfsizligi bo‘lib, u shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holatini anglatadi. Bu haqda, aniqrog‘i, «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Yangi qonunning maqsadi:
- O‘zbekiston kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;
- kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilash;
- milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag‘batlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish: davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operatsion tizim va dasturiy ta’minotlar yaratish va boshqalardan iborat.
Qonun loyihasiga ko‘ra, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilanmoqda.