G‘arb davlatlari kiberqurollarning yangi turlaridan foydalanyaptimi?
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ukraina hududidan Rossiyaga uyushtirilayotgan kiberhujumlarda Pentagon va NATOning qo‘li borligini aytmoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil boshidan buyon Rossiyaning muhim infratuzilma ob’yektlariga umumiy hisobda besh mingdan ortiq xakerlik hujumlari qayd etilgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar tufayli salbiy oqibatlarning oldi olingan.
"Aniqlangan kompyuter tahdidlarini tahlil qilish jarayonida AQSh va NATO mamlakatlari tomonidan Ukraina hududidan turib, Rossiyaning fuqarolik ob’yektlariga nisbatan ommaviy kompyuter hujumlari uyushtirilgani ma’lum bo‘ldi. Bunda ular Ukrainaning tarmoq infratuzilmasidan foydalangan. G‘arb davlatlari maxsus bo‘linmalari yangi turdagi kiberqurollardan yashirin ravishda foydalanmoqda”, - deyiladi rbc.ru xabarida.
Xabarda aytilishicha, “Kiberhujumlar Pentagon qo‘shma qo‘mondonligining bevosita ishtirokida xalqaro ("Anonymous", "Silence") va milliy ("Ghost Clan" — AQSh, "RedHack" — Turkiya, GNG — Gruziya, "Squad 303" — Polsha) xaker jamoalari yordamida amalga oshirilgan.