Kichik sanoat zonalari biznesingiz rivojiga xizmat qiladi

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar sizda investitsion biznes-loyihalar mavjudmi? Kichik sanoat zonalari loyiha va biznesingizni amalga oshirish uchun eng qulay joy hisoblanadi.

Kattaqo‘rg‘on shahri (Ingichka qo‘rg‘oni)da 1,63 gektar, Narpay tumani (Tepa mahallasi)da 7,18 gektar hamda (sobiq “Zirabuloq” MTP)da 0,30 gektar, Oqdaryo tumani (Boshdarxon MFY)da 1,67 gektar, Nurobod tumani (“Nurobod” MTP)da 0,20 gektar, Bulung‘ur tumani (sobiq “Kildon” AJ)da 5,18 gektar, Paxtachi tumani (sobiq “Toshkenjayev” paxta qabul qilish punkti)da 0,80 gektar va Past Darg‘om tumani (“Past Darg‘om” MTP)da 0,76 gektar kichik sanoat zonalarida bo‘sh yer maydonlari mavjud.

Ushbu hududlar barcha infratuzilmaga ega bo‘lib, kichik sanoat zona ishtirokchilari:

- o‘z mablag‘lari hisobidan qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

- rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin, binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish huquqlariga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari: Yangidan tashkil qilingan KSZlar

Jomboy tumani (Qora mo‘yin MFY)da 2,6 gektar, Toyloq tumani (Bog‘izog‘on MFY)da 8,9 gektar, Urgut tumani (Sariqtepa MFY)da 25 gektar, Samarqand tumani (Yangiobod MFY)da 6 gektar hamda Payariq tumani (“Xalqobod” MTP)da 18,6 gektar bo‘sh yer maydonlari LOTlarga bo‘lingan.

LOTlarga o‘zingizning investitsiya biznes loyiha takliflaringizni taqdim etishingiz lozim bo‘ladi.

Ushbu kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatini boshlashingiz uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va oqova tarmoqlari hamda yo‘l infratuzilmlari bilan ta’minlangan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (66) 235-35-46, telegramda: 91-546-57-77.

“Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” davlat korxonasi.