Kichik sanoat zonalar biznesingiz rivojidamuhim o‘rin tutadi

Hurmatli tadbirkorlar va ishbilarmonlar sizda investitsion biznes-loyihalar mavjudmi? Kichik sanoat zonalari loyiha va biznesingizni amalga oshirish uchun eng qulay joy xisoblanadi.

Viloyatimizning Kattaqo‘rg‘on shahrida (Ingichka qo‘rg‘oni) 1,78 gektar, Narpay tumanida (Tepa mahallasi) 9,96 gektar hamda (sobiq“Zirabuloq” MTPda) 0,30 gektar, Bulung‘ur tumanida (sobiq“Kildon” AJ) 4,65 gektar, Qo‘shrabot tumanida (“Qo‘shrabot” MTP) 0,81 gektar, Paxtachi tumanida (sobiq“Toshkenjayev” paxta qabul qilish punkti) 1,48 gektar va Past Darg‘om tumanida (“Past Darg‘om” MTP) 1,16 gektar kichik sanoat zonalarida bo‘sh yer maydonlari mavjud.

Ushbu hududlar barcha infratuzilmaga ega bo‘lib, kichik sanoat zona ishtirokchilari:

- o‘z mablag‘lari hisobidanqurilgan binova inshootlarga (yoki ularning qismlariga)mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;

- rekonstruksiya qilish yoki kapital ta’mirlash ishlarini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat o‘tgandan keyin, binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish huquqlariga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari:

Jomboy tumanida (Qora mo‘yin MFY) 2,6 gektar, Toyloq tumanida (Bog‘izog‘on MFY) 8,9 gektar, Urgut tumanida (Sariqtepa MFY) 25 gektar, Samarqand tumanida (Yangiobod MFY) 6 gektar hamda Payariq tumanida (“Xalqobod” MTP) 18,6 gektar bo‘sh yer maydonlari LOTlarga bo‘lingan holda siz uchun qulay narxlarda umrbod egalik qilish huquqi bilan “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasi orqali sotiladi.

Ushbu kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik faoliyatini boshlashingiz uchun qulay imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, uzluksiz elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va oqova tarmoqlari hamda yo‘l infratuzilmlari bilan ta’minlangan.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: (66) 235-35-46, telegramda: 91-546-57-77.

“Samarqand viloyati kichik sanoat zonalarini boshqarish bo‘yicha yagona direksiyasi” davlat korxonasi.