Kichik sport maydonchasi katta chiqindixonaga aylangan

Siz tasvirda ko‘rib turgan manzara Samarqand shahri O‘zbekiston mahallasi Firdavsiy ko‘chasida olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda shu mahalla fuqarosi Qahramon Boboqulov tomonidan ko‘cha bo‘yidagi hududda yoshlar uchun kichik sport maydonchasi barpo etilib, yoniga manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan. Bugungi kunda shu maydoncha o‘rni katta chiqindixonaga aylangan. Turnik, brus kabi gimnastika moslamalari hamda manzaragi daraxt ko‘chatlari o‘rnini qurilish chiqindilari egallagan.
Nahotki, bunday xunuk manzara aynan «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida shahar mas’ullari e’tiboriga tushmayotgan bo‘lsa.