Kim faqat oq-qora rang "tasvirli" tush ko‘radi?

2008 yildagi ilmiy tadqiqotga ko‘ra, rangli televizorlarning keng tarqalishidan ancha oldin tug‘ilganlar tushlarini faqat oq-qora rangda ko‘rar ekan.

Insonning bu rangdagi tushlari uning oq-qora televizor ko‘rib ulg‘ayganidan dalolat beradi. 1950 yillarda va undan oldin tug‘ilganlar tushining to‘rtdan bir qismini qora va oq rangda ko‘radi.

Hayratlanarli, lekin bu fakt tushlarning shakllanishida vizual tajriba muhim rol o‘ynashi bilan to‘liq tushuntiriladi.

Biz kamdan-kam hollarda tushimizda go‘zal musiqadan zavqlanamiz, hidlarni esa umuman his qilmaymiz. Shuning uchun, biz ko‘rgan narsalarimiz, ayniqsa diqqat bilan qaraganlarimiz vizual tajriba xazinasiga qo‘shiladi, miya esa undan ma’lumot oladi va tushlarni shakllantiradi.