Kimlar ambulator davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega?
Quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega:
➖ Onkologik kasalliklarga chalinganlar;
➖ Sil kasalligiga chalinganlar;
➖ Moxov kasalligiga chalinganlar;
➖ Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;
➖ Ruhiy kasalliklarga chalinganlar;
➖ OIV kasalligini yuqtirganlar;
➖ Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operatsiya qilingan shaxslar;
➖ O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
➖ 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
➖ 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;
➖ Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;
➖ Baynalmilalchi jangchilar;
➖ Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.