Kishilarni hayratga solib kelayotgan yetti haykaltaroshlik asari
Badiiy ijod qiladigan insonlarning asarlarini aslida nimaga asoslanib yoki nimani nazarda tutib ifodalaganini hamma ham tushunmasa kerak. Fizika qonunlariga zid yaratilgan badiiy asar esa inson hayratini yanada oshiradi. Jumladan, bugun dunyoda o‘z asarlarida butun lam tortishish qonunlarini inkor etadigan 30 dan ortiq (skulptor) haykaltarosh bor ekan. Ular yaratgan haykallarni ko‘rib, “Bu qanday turibdi?” deya savollar iskanjasida qolasan kishi.
Sizni ushbu g‘ayrioddiy san’at asarlari joylashgan mamlakatlarga sayohatga chorlaymiz. Balki, sizda gravitatsiya mo‘’jizalariga doir javoblar topilar.
1. Italiyalik haykaltarosh Kuni Lorenso “Muhabbat kuchi” asarini faqat o‘zining his-tuyg‘ulariga tayanib, sevgi og‘ushida bo‘lganligini ifodalagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Londondagi sevishgan bu ikkilik havoda muallaq parvoz qilayotgandek.
2. Ingliz me’mori Robin Vaytning fikricha, Staffordshirdagi saxiy parilar havoda uchib yurishga mutlaq haqli. Hattoki, ular po‘lat simdan yasalgan bo‘lsa ham.
3. Yirtilgan jussalar muallifi Bruno Katalano san’at asari ichki dunyoni boyitish insonning o‘z qo‘lida ekanligini anglatish maqsadida yaratilgan bo‘lsa ajabmas. Yoki, yana bir qiyoslov: musofir yer sharining xohlagan nuqtasiga yetib borishi mumkin (masalan bu ikkovlon Marselda turibdi). Lekin qayerga yetib bormasa, u o‘zini o‘zi bilan birga olib yuradi. Aytgancha, bu yerda har kim o‘ziga kerakli narsani ko‘radi.
4. Chin mamlakatidagi haykaltarosh Djonson Sang syurrealistik yo‘nalishda ijod qiladi va uning loydan yasagan haykalchalari rasmga tushirgandek tirik va tabiiy ko‘rinadi. Masalan, mana bu “Qahva bo‘sasi” asari muallifning yurtida, Gonkong shahrining san’at muzeyidan joy olgan.
5. Belgiya poytaxtining tang ko‘chalarining birida joylashgan “Politsiyachi bilan hazil” deb erkin tarjima qilingan mana bu kompozitsiyani haykaltarosh Tomu Fransen yaratgan.
6. Polshalik haykaltarosh Yeji Kendzyora ko‘rinar-ko‘rinmas dorning ustida muvozanatni saqlab turadigan siymolarni yaratadi. Guyoki, shamol esganda, ular tepalikdan pastga qulab tushadiganday. Taassufki, ular bir necha yillardan buyon shu turganicha, Mayamiga kelgan sayyohlarni taajjubga solyapti.
7. Argentinalik har tomonlama yo‘nalishda ijod qiladigan haykaltarosh Leonardo Erlixning kompozitsiyalari xalqaro badiiy ko‘rgazmalarda taqdim etilgandan keyin o‘sha shaharlarning “vizitka”siga aylangan.
Bu ijodkorlar o‘zining fikr va g‘oyalarini mujassam etgan haykallarning kichik bir qismi, xolos. Shubhasiz, tasavvurning chegarasi bo‘lmaydi. Sizda ham dunyoning turli mamlakatlaridagi kompozitsiyalar fonida tushgan rasmlaringiz bo‘lsa, taasaurotlaringiz bilan bo‘lishing. Bu hammaga qiziq bo‘lsa kerak.
Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.