Kitob o‘qiydigan kishi o‘g‘ri bo‘lmaydi, o‘g‘ri esa kitob o‘qimaydi: ajoyib tarixga ega Iroqdagi kitob ko‘chasi
Iroq kitob bozorida kitoblar kechalari ko‘chada qolib ketadi. Bag‘doddagi Mutanabbi ko‘chasida dunyodagi eng ajoyib kitoblar bozorlaridan biri joylashgan.
Bu kitoblar ko‘chasi Bag‘doddagi savodxonlik va ziyolilarning yuragi va qalbi hisoblanadi. Ko‘chaning narigi tomonigacha cho‘zilgan kitob bozoriga har kuni minglab odamlar to‘planib, peshtaxtalarga qo‘yilgan qimmatbaho kitoblardan sotib oladi.
Iroqliklar “Kitobxon o‘g‘irlamaydi, o‘g‘ri esa o‘qimaydi”, deb aytishadi.