Ko‘chada qolgan tufli
Samarqand shahrida xotin-qizlar poyabzali sotiladigan do‘konlardan biri antiqa reklama usulidan foydalanibdi. Ular do‘koni yonida juda katta ayollar tuflisi maketini yasatishgan. Shunchalik kattaki, unga 10 yoshli bolakay bemalol joylasha oladi.
Aytish kerakki, keyingi paytlarda, shahrimizdagi do‘kon, restoranlar yonida shunday antiqa rekalamalar joylashtirish urfga aylanmoqda. Kelinlar ko‘ylagini taklif qiluvchi salonlar yonida kelinchak haykali, restoranlar tashqarisi va ichkarisida turli mazmundagi haykalar bunga misol bo‘la oladi.
Rinat ABDULMANOV.