Konstitutsiya: Men taklifimni berdim, siz-chi?
Konstitutsiyani isloh qilish jarayonida jamiyatning bir vakili sifatida men ham ishtirok etdim.
Dastlab, buning yo‘lini izlay boshladim va taklif@meningkonstitutsiyam.uz, taklif@2022.uz, @meningkonstitutsiyam telergam boti, “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi va 1341 qisqa raqamlari orqali taklif qoldirish bo‘yicha ma’lumotlarni topdim.
Keyin o‘z taklifimni berdim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi IV bob, 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egaligi, pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas”, etib belgilangan.
Mazkur moddadagi “tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan” degan so‘zlarni “eng kam iste’mol xarajatlaridan” deb o‘zgartirish maqsadga muvofiq, nazarimda.
Siz-chi, siz qanday taklif berdingiz?
G‘ofurjon Bobobekov,
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mutaxassisi.