Konstitutsiyaga taklifim bor: O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlansin
Yashash har bir insonning tabiiy huquqi. Shu ma’noda yurtimizda o‘lim jazosi taqiqlanganligini Konstitutsiya darajasida belgilash g‘oyatda muhim.
Garchi o‘lim jazosi ancha yillar ilgari bekor qilingan bo‘lsa, bu qoida Asosiy qonunimizda aks etsa, uni endi hech qachon qo‘llanmasligi kafolatlanadi. Bu insonparvarlik xalqimiz uchun eng katta qadriyatlardan biri ekanligining dalolati bo‘ladi.
Umuman, qanchalik og‘ir jinoyat sodir etgan bo‘lsa ham hech kim o‘lim jazosiga duchor etilishi mumkin emas. Yaratgan bergan in’omni faqat uning O‘zi qaytarib olishi mumkin.
Mamlakatimizda o‘lim jazosi bekor qilinganligi va qo‘llanmasligini endi Konstitutsiya darajasida belgilash biz insonparvarlik nuqtai nazaridan eng to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizning amaldagi isboti bo‘ladi.
Suyun Karimov,
Samarqand davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, professori.