Konstitutsiyasi yo‘q davlatlar

Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega va barcha muhim huquqiy normalarni tartibga soluvchi asosiy davlat qonunidir. Dunyoning deyarli barcha davlatlarida bu qonun bor, biroq konstitutsiyasi yo‘q davlatlar ham uchrab turadi.

Xo‘sh, qaysi mamlakat o‘z konstitutsiyasiga ega emas? Dunyoda hammasi bo‘lib yettita ana shunday davlat bor. Bular:
1. Buyuk Britaniya
2. Kanada
3. Yangi Zelandiya
4. Shvetsiya
5. San-Marino
6. Isroil
7. Liviya
Yanayam aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu davlatlarda kodifikatsiyalanmagan konstitutsiya mavjud. Kodifikatsiyalanmagan konstitutsiya - bu o‘ziga xos ta’limotlar, huquqiy odatlar va sud pretsedentlari to‘plamidir.
Oddiy konstitutsiya esa kodifikatsiyalangan. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u tumanlar, viloyatlar va federatsiyalarning mintaqaviy qonunlaridan qat’iy nazar, butun davlatda bir xil ustunlikka ega.
Dunyodagi eng qadimgi konstitutsiya 1787 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarida qabul qilingan bo‘lib, mavjudligi davomida u atigi 27 ta tahrir bilan to‘ldirilgan. AQSh asoschilaridan biri Benjamin Franklin imzolagan Konstitutsiya asl namunasining birinchi sahifasi mana bunday ko‘rinishga ega:

stranyi-bez-konstitutsii-konstitutsiya-ssha

Nega Angliyada konstitutsiya yo‘q?
Uning o‘rnini qadimgi qonunlar, sud amaliyoti va ayrim konstitutsiyaviy bitimlar egallaydi. Ulardan eng qadimiylari ritsarlik davrida qabul qilingan bo‘lishiga qaramasdan, britaniyaliklarning ushbu qonunga hurmati katta. Bunday turdagi eng qadimiy hujjatlar 17 asrda qabul qilingan "Huquqlar to‘g‘risidagi Bill qonuni" va to‘rt asr oldin tuzilgan "Buyuk ozodlik xartiyasi"dir.

Isroil. Diniy va dunyoviy qarashlar
Hozirda mamlakatda o‘n ikkita asosiy qonun qabul qilingan bo‘lib, ularning mazmuni bo‘lajak konstitutsiyaning muhim qismini tashkil qilishi mumkin. Isroil jamiyatning dunyoviy va diniy qismlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ularga konstitutsiyaning yagona matnini yaratishga to‘sqinlik qiladi. Munosabatlarning noaniqligi bu masalani keyinga qoldirib kelmoqda.

Dunyodagi eng uzun konstitutsiya

Файл:Constitution of India (calligraphic) Cover.png

Hindiston davlati konstitutsiyasi dunyoda eng yirik hisoblanib, u 448 modda, 12 ta asosiy ilova va 103 tuzatishdan iborat. Ingliz tilida yozilgan asosiy davlat kitobining qo‘shimcha ravishda rasmiy hindcha tarjimasi ham mavjud. Hindiston Konstitutsiyasi eng barqaror – u hech qachon o‘zgarmagan.

Eng tinch konstitutsiya
Yaponiya konstitutsiyasi 1947 yilda mamlakatning Ikkinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati va atom bombardimonlaridan so‘ng yaratilgan. Shu bois asosiy kitobda mamlakatning nizolarni kuch bilan hal etishdan bosh tortishiga alohida urg‘u berildi.

Sobiq SSSR davlatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.