Ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan 27 yoshli juvon qutqarildi
Kecha, 9 iyul kuni soat 21:40 atrofida Toshkent shahridagi “Qo‘yliq” dehqon bozori yonidagi ko‘prik ustidan o‘zini tashlab joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayolni ko‘rib qolgan odamlar uni qutqarish uchun IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisini chaqirishdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qildi.
Qutqarishga kelgan xodimlar ayolning hayotini saqlab qoldi.
O‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan ayol hudud IIB bo‘linmasiga olib borilib, u bilan suhbat o‘tkazildi.
Suhbatda ma’lum bo‘lishicha, o‘zini o‘ldirishga qasd qilgan ayol A.B. 1992 yil 15 iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i B.E. bilan oilaviy janjallar sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan.
Hozirda ayolga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassislar jalb qilingan.