Ko‘rkam shaharchada ko‘rkam inshootlar ko‘paydi

Qo‘shrabot tumanida «Obod qishloq» dasturi asosida bunyod etilgan yana ko‘plab inshootlar foydalanishga topshirildi.

Xususan, Chimmos qishlog‘ida zamonaviy qiyofa kasb etgan va zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlangan

«Chimmos» qishloq vrachlik punkti bugundan shu hududdagi 5101 nafar aholiga xizmat qila boshlaydi.

Shuningdek, Investitsiya dasturi asosida 340 o‘ringa mo‘ljallangan 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.

Maktabning eski binosi 2013 yilda qurilib, 160 o‘rinli bo‘lgan. O‘quvchilar ko‘pligi hisobga olinib, o‘tgan yili 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi. Hozirgi kunda maktabda 315 nafar o‘quvchi ta’lim olyapti. Eski binoni ta’mirlash va qo‘shimcha binoni qurish ishlariga 6 milliard 300 million so‘m sarflangan.

Ayniqsa, bu yerda shaharlardagidan qolishmaydigan sharoitlar yaratilgan, zamonaviy tikuvchilik dastgohlari bilan ta’minlangan «Samarqand baraka chevarlari» mas’uliyati cheklangan jamiyatining faoliyat boshlagani ko‘pchilikni quvontirdi.

  • Shu paytgacha uyimda tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelardim, - deydi Jo‘sh qishlog‘ida yashovchi Gulasal Norboyeva. - Endi ushbu zamonaviy korxonada ish boshladim. Bu yerda men kabi 100 nafarga yaqin chevarlar ishlayapti. Ularning ham men kabi quvonchi cheksiz.
  •  

To‘lqin Siddiqov,

Baxtiyor Mustanov (foto).