Koronavirus hasharotlar orqali yuqishi mumkinmi?
Koronavirus — nafas yo‘li virusi hisoblanib, asosan havo tomchilari orqali yuqadi. Hasharotlarning virus tashuvchanlik ehtimoli kam, deya ma’lum qilindi "koronavirusinfouz" telegram kanalida.
Boshqa kasalliklarning oldini olish uchun (dizenteriya, gijja, ich terlama, vabo) chivin va boshqa hasharotlarning oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘nishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan avval, albatta yuving, ovqatlanish xonalarini tez-tez tozalang va yuzalarni dezinfeksiya qiling.
Toza idishlardan foydalanishga, taom tayyorlash va tanovul qilishdan avval qo‘llarni yuvishga alohida e’tibor qarating.
Yuvinish xonasi va hojatxonani yaxshilab dezinfeksiya qilishni, shuningdek, hojatxonaga kirgandan so‘ng qo‘lingizni yuvishni unutmang.