Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Bayden Kiyevga yashirincha yordam bermoqchi. Xitoy mudofaa vaziri korrupsiyada ayblanmoqda. Chilangar Gamburgning eng boy odamiga aylandi
🔹 Isroil va Livandagi Hizbulloh shia harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgach, Falastinning HAMAS harakati ham G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini bildirdi. Bugun Isroil mudofaa kuchlari va Hizbulloh o‘rtasida bir kun avval imzolangan kelishuv kuchga kira boshladi. Bir necha hafta davom etgan shiddatli muzokaralardan so‘ng xalqaro tashkilotlar vositachiligida sulh tuzildi. Endi tomonlar Isroil-Livan chegarasida o‘zaro o‘q uzishni to‘xtatish va provokatsiyalarga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.
🔹 Livanliklar Isroil bilan sulh e’lon qilinganidan keyin ommaviy ravishda uylariga qaytmoqda.
🔹 Tayvan hukumatining Vashingtonga asoslanib mustaqillik e’lon qilishga qaratilgan harakatlari dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deydi Xitoy Xalq Respublikasi Tayvan ishlari bo‘yicha vakili Chen Binxua. Reuters’ga ko‘ra, Xitoy tez orada Tayvan yaqinida harbiy mashqlarni boshlashi mumkin.
🔹 AQSh prezidenti Jo Bayden Kongressdan Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam va Ukrainaga ilgari o‘tkazilgan Amerika qurollari zaxirasini to‘ldirish uchun 24 milliard dollar ajratishni so‘radi.
🔹 AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning kelajak jamoasi va Jo Baydenning amaldagi ma’muriyati ishlarni respublikachilar vakillariga to‘liq o‘tkazish imkonini beruvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
🔹 Qozog‘iston neft mahsulotlari eksporti ustidan nazoratni kuchaytiradi. 2025 yildan mamlakatda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududidan tashqariga benzin va dizel yoqilg‘isi eksportiga olti oylik taqiq joriy etiladi.
🔹 G7 davlatlari Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha cheklovchi choralar joriy etishni rejalashtirmoqda. Aytilishicha, Katta yettilik mamlakatlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan keladigan kelajakdagi daromaddan foydalangan holda Ukrainaga 50 milliard dollarlik kredit o‘tkazishga tayyorgarlikni yakunlamoqda.
🔹 Xitoy mudofaa vaziri Dong Jun korrupsiyada gumon qilingan. Xuddi shunday ayblovlar tufayli XXR Mudofaa vazirligining avvalgi ikki rahbari o‘z lavozimlaridan ayrilgan edi.
🔹 Gamburgda Genri Sloman hisobidan qurilgan "Chili uyi"ning 100 yilligi, ya’ni "Toshdan yasalgan kema - Chili uyiga 100 yil" ko‘rgazmasi yakunlanmoqda. 1920-1940 yillar orasida qurilgan bino YuNESKOning Butunjahon merosi ob’yektlari maqomini olgan. "Chili uyi"ning qurilishi atigi o‘n besh oy davom etdi. Kasbi chilangan, keyin esa o‘z davrining eng boy Gamburg fuqarosi o‘ttiz yil davomida boyligini Chilida "oq oltin" - selitra qazib olish va sotish orqali orttirgan.