Koronavirus infeksiyani bartaraf etishda issiq vanna, dush va hammomlar yordam beradimi?

Bugun Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda aholidan tushgan muhim savollarga javob qaytarildi.

- Koronavirus infeksiyani bartaraf etishda issiq vanna, dush va hammomlar yordam beradimi?

- Yo‘q, yordam bermaydi. Aksincha, juda issiq suvda cho‘milish zararli. 

Koronavirus infeksiyaga qarshi eng yaxshi himoya usuli muntazam ravishda qo‘llarni yuvish hisoblanadi. Bu o‘z navbatda, terida bo‘lishi mumkin bo‘lgan virusni zararsizlantiradi va ko‘zga, og‘izga yoki burunga tegilganda infeksiya tushishning oldini oladi.

- Nima uchun antibiotiklar koronavirusni davolashda va profilaktikada samarali yordam bermaydi? 

- Antibiotiklar virusga ta’sir etmaydi, faqat bakterial infeksiyani davolaydi. Agar bemorda shu dori vositalarni qo‘llash ko‘rsatmasi bo‘lsa shifokor tomonidan tavsiya etiladi.