Koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 7 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlarning 7 nafari – o‘ta og‘ir, 19 nafari – og‘ir, 221 nafari –  o‘rta og‘ir; 2084 nafari – qoniqarli holatda. Yana 149 nafarida pnevmoniya kuzatilmoqda.

Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ma’lum qildi.

Epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 60 941 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etmoqda. Ularning 38 187 nafari uy sharoitida, 22 754 nafari statsionar sharoitda karantinga olingan.

Mavjud virusologik laboratoriyalarda oxirgi bir kunda 21 148 ta, epid mavsum davomida 1,121 236 ta test sinovlari o‘tkazildi.