Koronavirus (Samarqand): 17 kishida kasallik aniqlanib, 9 nafar bemor tuzaldi

🔺 2021 yil 27 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 192831 (+232) nafarni tashkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallanish holatlarining:

📌 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

📌 13 nafari Andijon viloyatida,

📌 9 nafari Buxoro viloyatida,

📌 10 nafari Jizzax viloyatida,

📌 3 nafari Navoiy viloyatida,

📌 7 nafari Namangan viloyatida,

📌 17 nafari Samarqand viloyatida,

📌 3 nafari Sirdaryo viloyatida,

📌 13 nafari Farg‘ona viloyatida,

📌 16 nafari Xorazm viloyatida,

📌 68 nafari Toshkent viloyatida,

📌 72 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️ Kecha kun davomida:

🔹 Andijon viloyatida 15 nafar,

🔹 Buxoro viloyatida 11 nafar,

🔹 Jizzax viloyatida 13 nafar,

🔹 Navoiy viloyatida 4 nafar,

🔹 Namangan viloyatida 5 nafar,

🔹 Samarqand viloyatida 9 nafar,

🔹 Sirdaryo viloyatida 2 nafar,

🔹 Surxondaryo viloyatida 1 nafar,

🔹 Farg‘ona viloyatida 16 nafar,

🔹 Xorazm viloyatida 15 nafar,

🔹 Toshkent viloyatida 68 nafar,

🔹 Toshkent shahrida 30 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 189448 (+189) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

⚫️ Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1397 nafarni tashkil qildi.

Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh ko‘tardi. Ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa so‘nggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarayotgan bo‘lsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos bo‘la olmaydi. Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qat’iy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi to‘liq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora, deydi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.