Koronavirus: Samarqandda 22 kishida infeksiya aniqlandi, 59 nafar bemor tuzaldi
🔺 2021 yil 31 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 100 495 (+160) nafarni tashkil etmoqda.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 5 nafari Andijon viloyatida,
📌 3 nafari Jizzax viloyatida,
📌 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 2 nafari Namangan viloyatida,
📌 22 nafari Samarqand viloyatida,
📌 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 18 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 4 nafari Xorazm viloyatida,
📌 23 nafari Toshkent viloyatida,
📌 66 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha kun davomida respublikamiz bo‘yicha 230 nafar, shundan Samarqand viloyatida 59 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 96 223 nafarga yetdi. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3 652 nafar bemor davolanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.