Koronavirus: Samarqandda 39 kishida infeksiya aniqlandi, 40 nafar bemor tuzaldi

🔺 2021 yil 11 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 116 421 (+458) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 43 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 17 nafari Andijon viloyatida,
📌 15 nafari Buxoro viloyatida,
📌 56 nafari Jizzax viloyatida,
📌 17 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 9 nafari Navoiy viloyatida,
📌 21 nafari Namangan viloyatida,
📌 39 nafari Samarqand viloyatida,
📌 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 33 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 29 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 17 nafari Xorazm viloyatida,
📌 44 nafari Toshkent viloyatida,
📌 102 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 297 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 325 nafar, Samarqand viloyatida 40 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 111 514 nafarga yetdi. Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.