Koronavirus: Samarqandda kasallanishda yana kunlik o‘sish kuzatildi

🔺 2021 yil 15 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 463 (+350) nafarni tashkil etmoqda.

🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 3 nafari Andijon viloyatida,
📌 11 nafari Buxoro viloyatida,
📌 16 nafari Jizzax viloyatida,
📌 8 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 1 nafari Navoiy viloyatida,
📌 7 nafari Namangan viloyatida,
📌 24 nafari Samarqand viloyatida,
📌 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 36 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 6 nafari Xorazm viloyatida,
📌 41 nafari Toshkent viloyatida,
📌 173 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 342 nafar, shundan Samarqand viloyatida 20 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 100 328 nafarga yetdi.

⚫️ Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, tibbiyot muassasalarida 3 424 nafar bemor davolanmoqda.