Koronavirusda o‘pka zararlansa asorat qoldirmaslik uchun nima qilish kerak?

➖ Uhan shahrida koronavirusdan sog‘ayganlarning 90 foizida hozir o‘pka yallig‘lanishi kuzatilayotgan ekan. O‘pka yallig‘lanishini keyinchalik davolasa bo‘ladimi? Shuningdek koronavirusning simptomsiz yengil turi ham o‘pkani zararlaydimi?

Ushbu savollarga AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov javob berdi:

➖ Ha, kasallikning simptomsiz yengil turi ham 5 foizgacha o‘pkani zararlashi mumkinligi tasdiqlangan. Kasallik asorat qoldirmasligi uchun shifokor tavsiyasi bilan o‘z vaqtida davolanish muhim.

Barcha holatlarda ham o‘pka yallig‘lanishi koronavirus tufayli kelib chiqmaydi.

Pnevmoniyani davolashning samarali usullari mavjud va bu kasallikni davolasa bo‘ladi.

Koronavirusning eng katta xavfi — o‘pka fibrozi, ya’ni o‘pka chandig‘iga olib kelishidir. Bunda virus havo yetib borish klapanlarini yopadi. Natijada bemor keyinchalik yurak va nafas yetishmovchiligidan aziyat chekadi.

O‘pka chandig‘i uzoq yillarda tiklanadi. Gohida bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin.