Koronavirusdan tuzalganlar niqobsiz yurishi mumkinmi?
- Kasallikni yengil darajada o‘tkazdim, shifokorlarning aytishicha kasallikka immunitet hosil bo‘larkan, endi ko‘chaga tibbiy niqobsiz ham chiqsam bo‘ladimi?
AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ushbu savolga javob berdi:
- Kasallanib tuzalgandan so‘ng immunitet hosil bo‘ladi, lekin bugungi kunda bizda karantin qoidalari bo‘yicha niqobsiz yurish mumkin emas. Shuningdek, kasallikdan tuzalgan bo‘lsangiz ham, hali organizmingiz tiklanmagan, tibbiy niqobsiz yurib boshqa yuqumli kasalliklarga chalinish imkoniyatingiz kuchayadi va siz boshqa kasallik bilan kasallanishingiz mumkin.
Shu bois, tibbiy niqobni karantin qoidalariga rioya qilgan holda taqib yurish talab etiladi.