Koronavirusdan vafot etgan kishi shahidmi?

O‘zbekistonda aholining aksariyati islom diniga e’tiqod qiladi. Shu bois o‘z-o‘zidan savol tug‘iladi. Islom diniga ko‘ra, mana shunday og‘ir va sinovli vaziyatda vafot etganlarning maqomi qanday bo‘ladi? Mazkur savollarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi aniqlik kiritdi.

Al-Azhar xalqaro elektron fatvo markazining ta’kidlashicha, koronavirus sababidan vafot etgan kishi shahid maqomida bo‘ladi va unga shahidlar ajri beriladi.

Dunyo hukmlari borasida unga barcha musulmon mayyitlarga tatbiq qilinadigan g‘usl, kafanlash, janoza namozi kabi hukmlar joriy qilinadi. Buning dalili Payg‘ambar alayhissalomning quyidagi hadislari: “Shahidlar beshta: to‘un (o‘lat)dan o‘lgan, qorin og‘rig‘i (ichki kasallik) bilan o‘lgan, cho‘kib o‘lgan, tom bosib o‘lgan Alloh yo‘lida shahid bo‘lgan kishilar”. Bir rivoyatda, to‘un (vabo)da o‘lgan shahiddir, deganlar.

Ana shulardan kelib chiqib koronavirusdan o‘lganlar ham to‘un (o‘lat)dan o‘lganlar qatorida hisoblanadi.