Koronavirusga chalingan bemorlar qanday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishi kerak?
➖ COVID-19 bilan kasallanganlar uchun taomlar yengil hazm bo‘ladigan, vitamin, mikroelement va oqsilga boy bo‘lishi kerak.
Taomlarni kichik hajmda barra salat va ko‘katlar bilan birga iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bular — qaynatma sho‘rvalar, qiyma go‘shtlaridan tayyorlangan kotletlar, teftellar, frikadelkalar, baliq go‘shti, tvorog, suvda qaynatib chala pishirilgan tuxum, dukkaklilardan tayyorlangan suyuq taomlar, arpa bo‘tqalari.
Shuningdek, ko‘p miqdorda suyuqlik ichilishi maqsadga muvofiq. Turli meva sharbatlari, kompotlar, ko‘k choy, limon, smorodina, zanjabil, asal va malina choylari shular jumlasidan.
Bu haqda CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lumot berdi.