Korporativ tadbirlar o‘tkazishga cheklovlarni buzganlar qat’iy javobgarlikka tortiladi
2021 yil kirib kelayotganligini inobatga olib, epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qolish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.
Unga ko‘ra, vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa xo‘jalik tashkilotlariga turli xil korporativ va ko‘ngilochar bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi.
Idoralar rahbarlari nazarda tutilgan cheklovlarga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Cheklovlar buzilishi kuzatilgan taqdirda tegishli tartibda hayfsan, jarima kabi qator javobgarlik choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirildi, deyilgan SSV matubot xizmati xabarida.