Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Samarqand viloyati arxiv ishi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan shu mavzudagi tadbirda davlat xavfsizlik xizmati, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda tuman davlat arxivi xodimlari ishtirok etdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarni “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun yangi bosqichda davom ettirishda muhim huquqiy asos bo‘lyapti.

- Tadbir davomida korrupsiya va uning jamiyatimiz taraqqiyotiga zarari haqida yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ldik, - deydi Samarqand tumani davlat arxivi direktori D.Qodirov. – Qolaversa, bizga murojaat qilayotgan fuqarolarni eshitishimiz, ularning muammolarini mavjud imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, o‘z vaqtida hal etishimiz ham korrupsiya holatlarining oldini olishda muhim sanaladi.

So‘zga chiqqanlar sohada onlayn hujjat yurituvlari yo‘lga qo‘yilishi, shaxs omili ishtirokining cheklanishi tizimda korrupsion holatlarning yuqori darajada bartaraf etilishini ta’minlashini alohida ta’kidladi.

Sulaymon MARDIYeV.