Korrupsiya – taraqqiyotga to‘siq

Shuning uchun korrupsiyaga qarshi kurash masalasi bugungi kunda biz uchun eng dolzarb muammo sanaladi va ushbu muammoning yechimi ma’naviy yuksalishga qaratilgan profilaktika ishlari bilan bog‘liq.

Bu borada Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida shaxsiy tarkib bilan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida mutaxassislar ishtirokida jami 28 marotaba ma’ruzalar qilinib, xodimlar bilan 20 marotaba induvidual profilaktik suhbatlar olib borildi.

Olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramasdan, o‘tgan davr mobaynida ijro intizomini buzgan 9 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bojxona organlarida qonunchilik va xizmat intizomi talablariga rioya etilishi, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini qonuniy va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish maqsadida 31 marotaba xufiyona va oshkora tekshiruvlar o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan mazkur tekshiruvlar natijasida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 8 nafar xodimga turli intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa 11-08 raqamli va viloyat bojxona boshqarmasining (66) 233-63-00 raqamli “Ishonch telefoni” uzluksiz ishlab turibdi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.