Korrupsiyaga qarshi kurash – fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolati

Avvalo, shuni qayd etish o‘rinliki, muhtaram Prezidentimizning har bir chiqishlari, xususan mamlakat hayoti uchun strategik ahamiyat kasb etuvchi ma’ruza va murojaatlari nafaqat xalqimiz, balki dunyo hamjamiyati tomonidan ham katta qiziqish va xayrixohlik bilan kutib olinmoqda.

Yangi shaklllangan Oliy Majlisga yo‘llangan dastlabki Murojaatnoma ham bundan mustasno bo‘lmadi. 

Nufuzli mahalliy va xorijiy ekspertlarning yakdil xulosasiga ko‘ra, Prezidentimiz Murojaatnomasi O‘zbekistonning joriy yil va yaqin istiqboldagi taraqqiyotini belgilab 

beruvchi strategik va ayni paytda fundamental asosga ega bo‘lgan hujjatdir. 

Darhaqiqat, Murojaatnoma timsolida O‘zbekistondagi bugungi islohotlar mohiyatini, yaqin yillarda yurtimizning 

butun qiyofasi qay tarzda jozibador bo‘lishini, xalqimiz 

hayoti nechog‘liq osuda, farovon va baxtiyor kechishini ko‘rish 

mumkin. 

Bir so‘z bilan aytganda, Murojaatnomada belgilab 

berilgan ulkan marralar shunchaki ezgu niyat yoki xohish-istak  

emas. 

Aksincha, undagi har bir vazifa ijro mexanizmi, buning 

uchun mas’ullar, muddatlar, moliyaviy manbalari bilan 

uyg‘un holda bayon etildi. 

Eng muhimi, hujjatda avvalo, inson va uning manfaat-

lari ustuvor o‘ringa qo‘yilgan. 

Ya’ni, “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat 

organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan asosiy 

tamoyilga muvofiq barcha resurslar, imkoniyatlar xalqimiz manfaatlari yo‘lida safarbar etilishi qat’iy ta’kidlandi. 

Xalqimiz esa bunday yangi va oqilona siyosatni yakdillik 

bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Zotan, adolat tantanasi va qonun ustuvorligini o‘zi 

uchun asosiy shiorga aylantirgan davlat fuqarolaridagi siyosatga ishonch, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari mustahkam 

bo‘lishi hammaga ma’lum. 

Sohibqiron Amir Temur ham Oqsaroy peshtoqiga 

“Adolat – davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”, degan hikmatli so‘zlarni yozdirgani ham bejiz emas. U ana shu g‘oya 

asosida millatni eng ezgu va ulug‘vor maqsadlar yo‘lida birlashtirgani va safarbar eta olgani ham tarixdan ayondir. 

Yangi O‘zbekistonning yangilangan siyosati ham aynan 

inson qadr-qimmatini oliy darajaga ko‘tarish, jamiyatda adolat 

va qonun ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash kabi yuksak 

g‘oyalarga tayanmoqda. 

Biroq, afsuski, bu yo‘ldagi islohotlar natijadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan bir 

qator omillar, illatlar saqlanib qolmoqda. 

Hech shubhasiz, ulardan biri va eng xavflisi korrupsiyadir. 

Bu illat avvalo, xalqimizning davlat va islohotlarga ishonchini so‘ndirishi, jamiyatda norozilik kayfiyatini kuchaytirishi bilan ham g‘oyat xatarlidir. 

Shu bois, istiqlol yillarida mamlakatimizda korrup-

siyaga qarshi kurashish borasida qator ishlar amalga oshirildi. 

O‘zbekistonning 2008 yilda BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga va boshqa xalqaro hujjatlarga qo‘shilganligi 

bu borada amalga oshirilgan birinchi qadam bo‘ldi. 

Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan qabul 

qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun 

va alohida Davlat dasturida esa navbatdagi vazifalar belgilab olindi.

Qonunda ilk bor korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi tushunchalariga ta’rif berildi. 

Shuningdek, Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vakolatli organlar hamda ularning maqomi aniq belgilab 

qo‘yildi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish uchun Bosh prokuror rahbarligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi tashkil etildi.  

2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 

Harakatlar strategiyasi o‘zining tub mohiyati bilan aynan korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga qaratilgan 

tarixiy hujjat bo‘ldi. 

Unda barcha sohalarda korrupsiyaga barham berish, uning 

ildiz otishiga sharoit yaratayotgan sabablarni bartaraf 

etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar bayon qilindi.  

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon bilan 2019 – 2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 

ikkinchi Davlat dasturi tasdiqlandi. 

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar 

amalga oshirilganligini alohida e’tirof etish zarur. 

Birinchidan, davlat xizmati tizimi, uning maqsadlari 

va vazifalari tubdan takomillashtirildi. Ma’muriy 

islohotlar konsepsiyasi tasdiqlandi. 

Davlat organlari xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishi, moddiy ta’minoti va rag‘batlantirilishini kuchaytirishga qaratilgan choralar ko‘rildi. 

Xususan, oxirgi uch yilda davlat xizmatchilarining 

ish haqi o‘rtacha qariyb 60 foizga, ayrim sohalarda esa, 

bir necha barobarga oshirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-

nidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari va mahalliy 

ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalariga asosan barcha vazirlik va idoralarda 

odob-ahloq me’yorlari tasdiqlandi.  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat 

xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. 

Meritokratiya va ochiq tanlovlar asosida davlat 

fuqarolik xizmatining “karera modeli”ni joriy etish 

ishlari boshlandi.  

Ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlar va korrupsiogen holatlarni bartaraf etishga qaratilgan maqsadli choralar ko‘rildi. 

Davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalari maqbullash-tirildi. Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirish tizimi takomillashtirildi. Ular faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha 

vakil instituti joriy qilindi. 

Savdo-sanoat palatasi tizimi tubdan isloh etildi, 

davlat aktivlarini boshqarish tizimi ham takomil-

lashtirildi. 

Davlat xaridlarining mutlaqo yangi tizimi yo‘lga 

qo‘yilib, sohada oshkoralik, shaffoflikni ta’minlash, pirovardida korrupsiyaning oldini olish maqsadida 

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 

Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish maqsadida joriy yilda 

yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi. Unga 

muvofiq, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga 

ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar joriy etildi. 

2019 yilda byudjet ma’lumotlarining ochiqligini 

yanada oshirish maqsadida byudjet mablag‘larining shakllanishi 

va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazora-

tini o‘rnatishning yangi tartibi belgilandi hamda ilk bor 

Davlat byudjeti qonun tarzida qabul qilindi. 

Uchinchidan, davlat xizmatlarini taqdim etish va 

ma’muriy taomillarni tartibga solishning huquqiy 

va institutsional asoslari takomillashtirildi. 

Xususan, ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf 

etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish maqsadida barcha hududlarda 201 ta davlat xizmatlari markazlari ochildi. 

Hozirgacha ushbu markazlar tomonidan aholiga 120 ta 

davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinayotgan bo‘lsa, 2020 yildan markazlar orqali 160 dan ortiq shaffof, qulay va tezkor 

davlat xizmatlarini ko‘rsatish rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida 2019 yil 9 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari 

va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyil-

larini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 

qabul qilindi. 

Unga ko‘ra, joriy yildan boshlab mahalliy ijro 

etuvchi hokimiyat organlarining 11 turdagi vakolati tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi. 

Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organla-

rining 5 turdagi vakolati chiqarib tashlandi. 

To‘rtinchidan, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sohada korrupsiyaga barham berish tizimini tubdan takomil-

lashtirishga qaratilganida namoyon bo‘lmoqda. 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning korrupsiyaga 

qarshi kurashish sohasidagi maqsad va vazifalari aniqlash-

tirildi. “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi, “Davlat 

xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. 

Shuningdek, chinakam mustaqil sud hokimiyatini shakllantirish, uning nufuzini oshirish hamda sudyalar mustaqilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi, sudyalarni 

tanlash, tayinlash tizimi takomillashtirildi. 

Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi 

va Oliy sudning tomonidan qo‘shma qarori bilan sud 

tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Beshinchidan, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan xalqchil 

tamoyil asosida barcha pog‘onadagi mansabdor va mas’ullarning odamlar ichiga kirib borish, ularning muammolarini uyma-uy 

yurib hal etish tizimining joriy etilgani korrupsiyaga 

qarshi kurashishda o‘zining samarasini bera boshladi. 

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish uchun “Xalq qabulxona”-

lari, Prezident portali hamda davlat organlari 

va tashkilotlarining “ishonch telefon”lari joriy qilindi. 

Oltinchidan, jamiyatda parlamentning, o‘zini o‘zi 

boshqarish organlarining hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining mavqei kuchaytirilb, ularga davlat 

hokimiyati idoralari faoliyati ustidan parlament 

va jamoatchilik nazoratini ta’minlash bo‘yicha keng vakolatlar berildi.  

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etilgani ushbu sohada samarali parlament nazoratini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 

Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shahar Kengash-

lari tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy komissiyalar tashkil etildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 

parlament nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qo‘shma qaror qabul qilindi. 

Yettinchidan, normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishning huquqiy asoslari takomillashtirildi. 

Eng muhimi, davlat va jamiyat hayotining barcha soha-

larida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan 

tizimli muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan 30 ga yaqin qonun, 100 ga yaqin Prezident va Hukumat qarorlari qabul 

qilindi.  

Mahalliy ekspertlar, qolaversa, xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotganidek, bunday choralar qisqa 

muddatda o‘z samaralarini bera boshladi. 

Jumladan, “Transparency International” xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan 2019 yil bo‘yicha e’lon 

qilingan “Korrupsiyani qabul qilish indeksi” reytingida O‘zbekiston 5 o‘rin yuqoriga ko‘tarildi. 

Dunyodagi nufuzli nashrlardan biri – “The Economist” jurnali O‘zbekistonni 2019 yilda islohotlarni eng jadal 

amalga oshirgan davlat – “Yil mamlakati” deb e’tirof etdi. 

Ayni paytda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 

qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ko‘ra hali qilinadigan ishlar 

ko‘p. 

2017–2019 yillar davomida 6.127 nafar mansabdor 

shaxsning jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinganligi 

ham korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermasligini ko‘rsatmoqda. 

O‘z navbatida, birgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kuchi bilan korrupsiyaga oid huquqbuzar-

liklarga qarshi kurashishda ijobiy natijalarga erishib bo‘lmasligi sir emas. 

Avvalo, keng jamoatchilikning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabati shakllanishi zarur. 

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, korrup-

siyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar 

qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik 

nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali 

kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. 

Albatta, bu mashaqqatli, biroq, amalga oshirishimiz 

mumkin va shart bo‘lgan vazifadir. Zotan, 2019 yilda 

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda ishtirok etganlarning 

86,6 foizi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishgan. Demak, jamoatchilik korrupsiyaga qarshi kurashda davlat organlariga ko‘maklashishga tayyor. 

Binobarin, prokuratura organlari uchun Murojaatnomadan kelib chiqadigan ustuvor vazifalardan biri ham – bu so‘zsiz, korrupsiya illatiga qarshi kurash samaradorligini 

oshirishdir. 

Yuqorida qayd etilganidek, keyingi uch yil davomida Davlatimiz rahbarining tashabbus va g‘oyalari, amaliy sa’y-harakatlari natijasida bu illatni tag-tomiri bilan yo‘q 

qilish borasida katta qadam qo‘yildi. 

Biroq, tan olish kerakki, shuncha sharoit va imkoniyat-

larga qaramasdan, jamiyatning bu balodan tamomila xalos 

bo‘lishiga erishilmayapti. 

Ayniqsa, ba’zi soha va tarmoqlarda korrupsiyaga 

qarshi qo‘llanayotgan va shu tizimlarning yuqori idoralari tomonidan belgilangan chora-tadbirlar kutilgan natijani bermayapti. 

Bosh prokuratura tomonidan yaqinda sog‘liqni saqlash, 

oliy ta’lim tizimlaridagi, shuningdek yerdan foydala-

nishdagi korrupsiya holatlari tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlardan xabaringiz bo‘lsa kerak. 

Biz ushbu yo‘nalishlardagi korrupsiyaviy holatlarni 

aniq tahlillar, fakt va raqamlar asosida muhokama qildik, mas’ullarga, xususan prokuratura organlariga tegishli 

qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdik. 

Biroq, e’tirof etish kerakki, Davlatimiz rahbarining 

bu borada Murojaatnomada ilgari surgan tashabbuslari 

hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Xususan, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish 

orqali inson omilini kamaytirish korrupsiyani yo‘qotishda 

ham katta samara beradi. 

Yana bir muhim jihat shundaki, endi sud orqali inson-

larning huquqi tiklanganini e’tirof etish bilan 

cheklanib qolmasdan, nima sababdan sudgacha bo‘lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan 

savolni ham ko‘ndalang qo‘yadigan, tazyiqlar uchun javob 

beradigan vaqt keldi. 

Bu ham, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 

o‘zida korrupsiyaga barham berishning eng muhim omillari-

dandir. 

Ayni paytda parlament va Prezidentga hisob beradigan, korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘ladigan alohida 

organ tashkil etish tashabbusi davlat boshqaruvidagi tariximizning yangi sahifasiga asos soldi. 

Zero, jahonning ko‘plab barqaror va taraqqiy etgan mamlakatlarida ham korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 

alohida organlar davlat va jamiyat ravnaqiga katta hissa 

qo‘shmoqda.  

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimizning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi barcha yo‘nalishlar qatori 

korrupsiyaga butkul chek qo‘yishning ham yangi istiqbollarini 

ochib berdi. 

Bu tarixiy imkoniyatdan oqilona foydalanib, davlat 

va jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shish baxtiga, pirovardida 

xalqimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lishiga erishish barchamiz-

ning hamkorlikdagi harakatlarimizga, shijoatimiz 

va fidoyiligimizga bog‘liqdir. 

Nig‘matilla YO‘LDOShEV, 

 O‘zbekiston Respublikasining 

Bosh prokurori