Korrupsiyaga qarshi kurashda yangi tartiblar joriy etiladi

“Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment sifatida quyidagi yangiliklar amalga oshiriladi:
- Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvta’minot” AJning korrupsiyaga qarshi bo‘limlari rahbarlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlaridan tayinlanadi;
- 2026 yil 1 yanvargacha barcha davlat xizmatlari tuman/shahar darajasida aholi tomonidan baholanadi. Qoniqarsiz deb baholangan rahbarlarga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
- 2025 yil 1 iyulgacha “E-anticor.uz” saytida elektron reyestr, hisobot va anonim so‘rov modullari ishga tushiriladi.