Eng qadimgi yozuv

Arxeologik tadqiqotlar tarixiga nazar tashlasak aqlbovar qilmas topilmalarga guvoh bo‘lamiz. Ana shunday hayratomuz dalillardan biri Tarteriy tablichkalaridir.

Bu uchta loy tablichkadan iborat bo‘lib, ularga piktografik belgilar o‘yib yozilgan. 1961 yilda Ruminiyaning Tartareya qishlog‘i yaqinidan topilgan bu tablichkalarning ikkitasi to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida, uchinchisi aylanasi esa 6 santimetr keladigan yumaloq, o‘rtasida teshigi bor.

Sirli tablichkalarga o‘yilgan piktogrammalar nafaqat rasm, balki qandaydir rasmiy ma’noga ega harflar hamdir. Bu shunisi bilan hayratlanarliki, arxeologlar tablichkalardagi belgilarni eramizgacha IV ming yilliklarga taalluqli ekanligini aniqladilar.

Tablichkalar shuni ko‘rsatadiki, Yevropa hududida minoy davridan ancha yil ilgari yozuv mavjud bo‘lgan. An’anaviy birinchi yozuv hisoblangan belgilar hatto Shumer va Xitoy yozuvlaridan ham qadimiyroqdir.

T.Shomurodov tayyorladi.