Korrupsiyaga qarshi kurashda endi qattiqqo‘l bo‘lish lozim. Hech kim kechirilmaydi
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov:
- Korrupsiyaga qarshi kurashda rahbarning roli katta. Chunki u o‘z sohasida xalq nima fikrda ekanini bilib borishi kerak. O‘z sohasi va jamoasidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish chorasini ko‘rsin. Oliy ta’lim muassasasi, sog‘liqni saqlash, boshqa tashkilot rahbarlari xalq bilan muloqot qilish yo‘lini qidirsin.
Agar poraxo‘rlik bo‘yicha bitta voqea sodir bo‘lsa, uni butun elga aytish va bu holatga nisbatan nafrat uyg‘otish zarur.
Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmuratov:
- Senator, deputat korrupsiyaga qarshi kurashda hammaga ibrat bo‘lishi kerak. Qaysidir rahbarda loqaydlik sezilishi mumkin, ammo deputat bu masalada hushyor bo‘lishi shart. Deputat korrupsiyaga qarshi kurashda faol bo‘lish barobarida bu ishga aholini, jamoatchilikni jalb etishi lozim.
Eslatib o‘tamiz: bugun Samarqand viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.