Korsikani qor qopladi

Fransiyaning Korsika orolida qish fasliga xos bo‘lgan ob-havo sharoiti hukm surmoqda, deya xabar bermoqda TASS nashri.
Mana, bir necha kundirki, hududda tinimsiz qor yog‘moqda. Bu esa aholiga bir qator qiyinchiliklar tug‘diryapti. Odamlar iloji boricha uzoq yo‘lga safarga chiqmaslik haqida ogohlantirilgan. Orolda xavfning sariq darajasi e’lon qilindi. Fransiyaga qo‘shni bo‘lgan yana bir necha mamlakatda ham yog‘ingarchilik hamda suv toshqinlari kabi tabiiy ofatlar ro‘y bermoqda.