Korxona, tashkilotlar uchun 3 milliard so‘mgacha grant ajratiladi
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi 2022 yilda NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmalarini taqdim etish uchun tanlov E’LON QILADI
№ |
Davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, davlat ijtimoiy buyurtmasining maqsad va vazifalari |
Buyurtmachi davlat organi |
Ajratilgan mablag‘ |
I. Xotin-qizlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash |
|||
1. |
Ustuvor yo‘nalish: Bandlik, mehnat bozori, mehnat munosabatlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning dolzarb masalalarini joylarda muhokama qilish, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishni ta’minlash. Maqsad: Xorazm va Jizzax viloyatining 20 ta uzoq mahallasida 900 nafar xotin-qizlarning qo‘shimcha kasbiy ko‘nikmalarini oshirish va bandligini ta’minlash. Vazifalar: - Xorazm viloyatining Bog‘ot tumani markazidan uzoqda joylashgan 11 ta mahallasidan 360 nafar, Jizzax viloyatining Arnasoy tumani markazidan uzoqda joylashgan 9 ta mahallasidan 540 nafar xotin-qizlarni tikuvchilik, pishiriq pishirish, sartaroshlik va milliy hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda kasblarga o‘qitish; - xotin-qizlarda tadbirkorlikka oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish; - kasb-hunar monomarkazlari, mahalliy rivojlanish markazlarining - “Eng yaxshi o‘quv moduli” tanlovini tashkil etish; - loyiha natijalarini keng targ‘ib etish maqsadida qiqsa metrajli videoroliklar tayyorlash. |
Bandlik |
2 500,0 |
2. |
Ustuvor yo‘nalish: Oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish. Maqsad: Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar ko‘rsatish bo‘yicha yagona onlayn platforma yaratish. Vazifalar: - respublika bo‘yicha 29 ta markazning veb-saytlarini, ijtimoiy sahifalarini yaratish, “1146 – ishonch telefoni”ni hamda matbuot xizmati faoliyatini yo‘lga qo‘yish; - 14 ta hududdagi markaz xodimlarining tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha malakasini oshirish; - mahallalarda oilaviy va shaxslararo nizolarni, depressiv vaziyatlarni erta oldini olish, eng avvalo, “xavf ostidagi guruh”da bo‘lgan 10 000 nafar shaxslar va oilalar ishtirokida 200 ga yaqin tushuntirish uchrashuvlarini o‘tkazish, ularni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish; - respublika bo‘yicha 150 000 dan ortiq tarqatma material, 4 ta videorolik, 50 ta targ‘ibot bannerlari tayyorlash; - “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik” aksiyasi doirasida 800 ta tadbir tashkil etish, “xavf ostidagi guruh”da bo‘lgan xotin-qizlarni jalb qilish. |
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi |
3 000,0 |
3. |
Ustuvor yo‘nalish: Nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ularning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini tashkil qilishga ko‘maklashish. Maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat faoliyatiga keng jalb etish, tayyorlagan mahsulotlarini sotish infratuzilmasini yo‘lga qo‘yish, ularning turmush darajasi sifatini yaxshilash. Vazifalar: - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 3 859 nafar nogiron hunarmandlarga o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotish uchun shart-sharoitlar yaratish; - 6 ta hududda yengil konstruksiyali savdo ob’yektlarini qurish, hududiy savdo yarmarkalarini tashkil etish orqali 6 ta yangi ish o‘rni yaratish. |
Adliya vazirligi |
400,0 |
II. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini va ijtimoiy turizmni targ‘ib etish, aholi turmush sifatini oshirishga ko‘maklashish. |
|||
4. |
Ustuvor yo‘nalish: Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida oilalar, mahallalar, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida targ‘ib qilish. Maqsad: Ekologik muammoli hududlarda “Salomatlik maktablari” faoliyatini hamda vorkaut maydonchalari tashkil etish orqali mahalla va ko‘cha sportini rivojlantirish Vazifalar: - Xorazm viloyatining Urganch shahar, Urganch tuman va Qo‘shko‘pir tumanlaridagi jami 12 ta mahallaning har birida vorkaut maydonchalarini va “Salomatlik maktabi”ni tashkil etish; - maydonchalarga sport mashqiga mo‘ljallangan inventarlar o‘rnatish, mashqlar o‘tkazish uchun shart-sharoit yaratish; - “Salomatlik maktabi” va vorkaut maydonchasi uchun 12 ta sport trenerlari tayyorlash; - “Salomatlik maktabi” volontyorlari uchun 12 ta baner va 3 000 dona maxsus buklet tayyorlash va tarqatish. |
Sog‘liqni saqlash vazirligi |
800,0 |
5. |
Ustuvor yo‘nalish: Toza ichimlik suvining strategik zahiralarini yaratishni tashkil etish. Maqsad: Jizzax viloyati Zomin tumani “Beshkubi” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash. Vazifalar: - Zomin tumanidagi “Beshkubi” mahalla hududida istiqomat qiluvchi - ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 2 ta artezan qudug‘i, 2 ta transformator va 2 ta xlorlash uskunasini o‘rnatish. |
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi |
2 000,0 |
6. |
Ustuvor yo‘nalish: Maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish. Maqsad: Nukus, Termiz va Buxoro shaharlarining 6 ta mahallasida chiqindilarni yig‘ish, saralash va boshqarish tizimini takomillashtirish, chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i va atrof-muhitga zararli ta’sirini bartaraf etishga ko‘maklashish. Vazifalar: - Nukus, Termiz va Buxoro shaharlarida chiqindi to‘plash joylari tashkil etilmagan 6 ta mahallasini tanlash; - mahalliy davlat organlari bilan har bir mahallada chiqindixonalar tashkil etish uchun maxsus joylarni belgilash; - mahallalarda 6 ta maxsus chiqindixonalarni tashkil etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishini ta’minlash; - har bir mahallada “Chiqindilarni yig‘ish, saralash va utilizatsiya qilish” mavzusida 10 marotabadan jami 60 marotaba aksiya o‘tkazish; - aholida chiqindilarni saralash madaniyatini oshirish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish yuzasidan xabardorligini kuchaytirish va targ‘ib qilish. |
Ekologiya |
500,0 |
7. |
Ustuvor yo‘nalish: Turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, turizm ob’yektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda mazkur sohani bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirish Maqsad: Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasini xalqaro standartlarga moslashtirish va mavjud infratuzilma samaradorligini oshirish. Vazifalar: - respublika bo‘yicha sayohlarga xizmat ko‘rsatish darajasi past bo‘lgan 50 ta mehmonxonaning ro‘yxatini shakllantirish; - menedjer, porte, supervayzer, konserj, shveysar, bellboy-yuk tashuvchi kabi ishchi kasblarga kadrlar tayyorlash; - axborot-metodik, maslahat va marketing xizmatlar ko‘rsatuvchi yagona onlayn platforma tashkil etish; - tripadvisor va booking.com va boshqa platformalar orqali mehmonxonalar xizmatining sifatini tahlil qilish va ularning reytinglarini aniqlash tizimini joriy qilish. |
Turizm va madaniy meros vazirligi |
400,0 |
8. |
Ustuvor yo‘nalish: Turizm sohasida tadbirkorlik faolligini oshirishga ko‘maklashish. Maqsad: Hududlarining turizm potensialidan kelib chiqib, gidlar va ekskursovodlarning malaka va salohiyatini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish. Vazifalar: - Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik, ekstremal va tog‘ turizmi bo‘yicha 5 ta o‘quv markazini tashkil etish; - mahalliy ekskursovodlar va gidlar haqida ma’lumot berish, on-layn muloqot maydoni uchun ingliz, rus, arab va o‘zbek tillarida xizmat ko‘rsatuvchi veb-sayt yaratish; - har yili 300 nafar mahalliy gid va ekskursovod tayyorlash, ularni turistlar bilan bilan on-layn muloqotini yo‘lga quyish va bandligini ta’minlash. |
Turizm va madaniy meros vazirligi |
500,0 |
9. |
Ustuvor yo‘nalish: Turizm ob’yektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligini oshirish. Maqsad: O‘zbekistonda mahalliy va xorijiy sayyohlarga ziyorat turizmi bo‘yicha ishonchli va to‘liq ma’lumotlarni yetkazish. Vazifalar: - “Oltin silsila halqa”si mavzusida Naqshbandiya tariqatining namoyondalari haqida elektron ma’lumotlar bazasini yaratish; - Buxoro shahri, G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan, Kogon, Denov, Oltinsoy va Kitob tumanlari hamda Samarqand shahrining ziyorati turizmi salohiyatini keng targ‘ib etish; - turizm yarmarkalari va keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, diplomatik korpuslarni va xalqaro hamkorlarni jalb qilish; - “Jahon musulmon sayohat indeksi” reytingida O‘zbekistoning o‘rnini yanada yaxshilash. |
Turizm va madaniy meros vazirligi |
300,0 |
10. |
Ustuvor yo‘nalish: O‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash; Maqsad: O‘rmon fondi yerlarida ekoturizm, agroturizm va turizmning boshqa turlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. Vazifalar: - 79 ta o‘rmon xo‘jaligi, 3 ta milliy tabiat bog‘i va 10 ta ov xo‘jaliklarini eko, agro, geo, safari va ov turizmiga qarab taqsimlash, ekomarshrutlar yaratish; - xo‘jalik xodimlari va mahalliy aholini turizm sohasidagi bilimlarini yuksaltirish; - ekoturizm, agroturizm va geoturizm ob’yektlari, marshurtlari, mahalliy va xorijiy sayyohlarning sonini keskin oshirish; - zamonaviy axborot kommunikatsiya vositalari orqali keng targ‘ibot va tashviqotni yo‘lga qo‘yish. |
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi |
1 070 |
III. Jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalarini jamoat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash |
|||
11. |
Ustuvor yo‘nalish: Huquqiy targ‘ibot va fuqarolarning huquqiy ongini oshirishning zamonaviy va ta’sirchan uslublarini joriy qilish. Maqsad: Maktabgacha ta’lim va o‘rta umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini chuqur o‘rgatish va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash. Vazifalar: - Toshkent va Farg‘ona shaharlarining gavjum mahallalarida joylashgan 2 tadan bog‘cha va maktablarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish o‘quv maydonchalarini tashkil etish; - yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha yosh bolalarning bilim va ko‘nikmalarni didaktik o‘yinlar va zamonaviy uslublarda tashkil etish; - bolalarni yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish uchun turli tanlovlar, viktorinalar, musobaqalar va mushoiralarni tashkil etish. |
Adliya vazirligi |
500,0 |
12. |
Ustuvor yo‘nalish: Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni ta’minlash. Maqsad: Umurtqasida nuqsoni bor va uyda doimiy yotoqda bo‘lgan nogiron bolalarning atrof-muhit va tabiat hodisalari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularga ruhiy va ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish. Vazifa: - Toshkent shahrining Bektemir, Yashnobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanida umurtqasida nuqsoni bor va uyda doimiy yotoqda bo‘lgan 150 nafar nogiron bolalarning ro‘yxatini shakllantirish; - Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, Pskent, Ohangaron tumanlaridagi umurtqasida nuqsoni bor va uyda doimiy yotoqda bo‘lgan 150 nafar nogiron bolalarning ro‘yxatini tuzish; - 300 nafar nogiron bolalar uchun atrof-muhit va tabiat hodisalari haqida “Ona tabiat–3D” interaktiv kitobini ishlab chiqish. |
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi |
130,0 |
13. |
Ustuvor yo‘nalish: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish. Maqsad: Yoshlarning intellektual-ijodiy va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash. Vazifalar: - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining - xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar uchun O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida 3 ta videorolik tayyorlash. - yoshlar orasidagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ilmiy va ijodiy ishlanmalari tanlovini o‘tkazish, eng yaxshi 10 ta ishlanmani amaliyotga tadbiq etish; - tayyorlangan videorliklar va qo‘llanmalarga tegishli davlat organlari hamda ilmiy markazlardan tegishli xulosalar olish; - yoshlarning ilmiy-amaliy ishlarni keng targ‘ib etish; |
Yoshlar ishlari agentligi |
200,0 |
14. |
Ustuvor yo‘nalish: Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik qilish. Maqsad: Yoshlarning innovatsion g‘oya va loyihalari, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish. Vazifalar: - Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida 30 yoshgacha bo‘lgan - 15 nafar yoshning o‘z startaplarini boshlab olishlari uchun boshlang‘ich - o‘z startaplarini yo‘lga qo‘yishda boshlang‘ich mablag‘ni ajratish orqali o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga sharoit yaratish. |
Yoshlar ishlari agentligi |
200,0 |
15. |
Ustuvor yo‘nalish: Madaniyat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashish. Maqsad: Madaniyat sohasida marketing va menejment yo‘nalishlarni rivojlantirish orqali aholini mazmun-maqsadli va samarali madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-tomoshalar bilan qamrab olish. Vazifalar: - madaniyat va san’at sohasida zamonaviy marketing va menejmentni joriy etish bo‘yicha o‘quv malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish; - konsert va san’at saroylari, madaniyat markazlari boshqaruv xodimlarining madaniyat va san’at servisi, madaniyat va san’at ob’yektlarini zamonaviy boshqaruvi, aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatini yaxshilash masalalarida bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish; - madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert-tomoshalar o‘tkazishning zamonaviy menejmenti va marketingi yo‘nalishlarida o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash; - madaniyat va san’at ob’yektlarini korporativ boshqaruvini takomillashtirish va ilg‘or xorijiy amaliyotni integratsiya qilish. |
Madaniyat vazirligi |
300,0 |
16. |
Ustuvor yo‘nalish: San’at va badiiy ijodni har tomonlama rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirishni rag‘batlantirish. Maqsad: Aholini bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishini tashkil qilish va qo‘shimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Virtual madaniyat markazi” platformasini yaratish. Vazifalar: - on-layn san’at to‘garaklari majmuasi bo‘lgan “Virtual madaniyat markazi” platformasini ishga tushirish; - platformada onlayn san’at to‘garaklari, qiziquvchilar klublari, san’at kurslari va havaskorlik jamoalarini tashkil etish; - platformada folklor etnografik-ansambllarning konsert-tomosha repertuarlari, maqom va baxshichilik san’atining to‘liq namunalarini joylashtirish; - platformani nomoddiy madaniy merosga oid barcha tegishli ma’lumotlar, interaktiv o‘yin va boshqa ko‘ngilochar dasturlar bilan ta’minlash; - platformani milliy va xorijiy jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish. |
Madaniyat vazirligi |
500,0 |
17. |
Ustuvor yo‘nalish: Maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-son qarori. Maqsad: Maktab yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy-estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirish. Vazifalar: - Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm, Surxondaryo, Jizzax va Namangan viloyatlariga internet tarmog‘i yetib bormagan eng chekka 10 ta tumandagi 30 ta maktabgacha ta’lim muassasasida zamonaviy kutubxona tashkil etish; - “5 ta muhim tashabbus” va “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturlari doirasida bolalar bog‘chalarini qo‘llanmalar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash; - “Ma’rifat karvoni” aksiyasi tashkil etish va 50 000 nusxada turli formatdagi rasmli, didaktik o‘quv qurollari tayyorlash va yetkazish. |
Maktabgacha ta’lim vazirligi |
700,0 |
Jami 17 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi |
14 000,0 |
Ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘lgan loyihani amalga oshirishda davlat ijtimoiy buyurtmasining shartlari:
- ijrochi-tashkilot belgilangan tartibda NNT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi zarur;
- davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish doirasida amalga oshiradigan faoliyatning ijrochi-tashkilotning ustavidagi vazifalarga muvofiqlik kelishi;
- ijrochi-tashkilotda loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kadrlar va texnik imkoniyatning mavjudligi;
- ijrochi-tashkilotda ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar va dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi tajribaning mavjudligi;
- loyihani amalga oshirish haqidagi shartnomani sifatli va o‘z vaqtida bajarish, uni amalga oshirish vaqtida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, amaldagi qonun hujjatalariga to‘liq rioya etish.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilishi uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi zarur:
Ariza taqdim etayotgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari imzosi va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
www.fondngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi uchun ariza;
Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
Hujjatlar 2022 yil 30 apreldan 31 maygacha qabul qilinadi. Taqdim etilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va natijalari e’lon qilinadi.
Hujjatlar «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi» nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 format) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.
Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondinin www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.