Korxonadan chiqayotgan chang tarixiy anjirzorni nobud qilyapti, aholi salomatligiga putur yetkazyapti
Esimni tanibmanki, Samarqand shahridagi “Bog‘ibaland” mahallasidagi anjirzorlarni parvarishlab kelamiz. Tarixan Amir Temur bog‘lariga mansub bu anjirzorlardagi daraxtlar bir necha yuz yildan buyon meva beradi.
Ushbu hududda alebastr, gips kabi turli qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Migamiks" korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi-yu, tinchimiz buzildi. Uch yildirki, anjirzordan oladigan hosilimiz mazkur korxonadan chiqayotgan chang oqibatida nest-nobud bo‘lmoqda. Chang-to‘zon dastidan tevarak-atrofda yashayotgan aholi ham aziyat chekyapti. Xoh kunduzi, xoh kechasi bo‘lsin, hovlida o‘tirolmay ham qoldik.
Muammo yuzasidan Samarqand shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasiga bir necha marta murojaat qildik. Ammo natija bo‘lmayapti...
Shahar hokimligi va boshqa tegishli idoralar mutasaddilari ushbu muammo bilan qiziqib ko‘rarmikan?
Jabbor QODIROV,
mehnat faxriysi.