“Kotlovan” qazilgani uy quriladi degani emas ekan
Samarqand shahrining So‘g‘diyona maskanida ko‘p qavatli uylar oldidagi bolalar maydonchasi o‘rnida bino qurish uchun tadbirkor yer qazidi. Tabiiyki bundan aholi norozi bo‘ldi. Shu sababli Abu Bakr Roziy ko‘chasi 21, 23 va 25-uylarda yashovchi aholi 2016 yilda ushbu qurilishni to‘xtatish yuzasidan Samarqand shahar hokimligiga murojaat qildi.
Ammo bundan natija bo‘lmagach, aholi arz-donini viloyat hokimi E.Turdimovga aytdi.
– Bizni ham eshitadiganlar bor ekan. Viloyat hokimiga murojaatimizdan keyin kotlovan ko‘milib, tekislab qo‘yildi. Endi bu yerda qaytadan bolalar maydonchasi tashkil etiladigan bo‘ldi. E.Turdimovdan minnatdormiz, – deb yozmoqda murojaatchilar.
Demak, ko‘p qavatli uylar oldida qazilgan har qanday kotlovan o‘rnida noqonuniy bo‘lsa-da bino qurilmas ekan. Buning uchun esa avvalo shu hudud aholisi, jamoatchilik atrofdagi voqea-hodisalarga befarq bo‘lmasligi, o‘z munosabatini bildirib turishi kerak.
Sining uyingiz oldida noqonuniy qurilish bo‘lmayaptimi?